Playing via Spotify Playing via YouTube
Skip to YouTube video

Loading player…

Scrobble from Spotify?

Connect your Spotify account to your Last.fm account and scrobble everything you listen to, from any Spotify app on any device or platform.

Connect to Spotify

Dismiss

A new version of Last.fm is available, to keep everything running smoothly, please reload the site.

Odatiy Hol - Lyrics

Odatiy hol – ko'z yoshim
Yuvib ketar quvonchim.
Qo'ying menga ishonmang,
Oqlolmayman ishonchni.

Odatiy hol – omadim
Kulmas mening sira ham.
Qo'ying, menga do'st bo'lmang,
Mening sodiq do'stim g'am.

Odatiy hol – uchrashib,
Kulib quchoq ocharlar.
Do'stga dardim aytmayman,
Aytmasimdan qocharlar.

Odatiy hol – ortimdan,
G'iybat quvib yuradi.
Ichu bag'rim qon mening,
Ko'zim kulib turadi.

Odatiy hol – parishon,
Tunda shahar kezaman.
Demasangiz ham daydi,
Nigohlardan sezaman.

Odatiy hol – onamning
Qo'li tolmas duodan.
Ko'nglimdagi yo Rabbim,
Nima bo'lsa Xudodan.

Odatiy hol – ko'z yoshim
Yuvib ketar quvonchim.
Qo'ying menga ishonmang,
Oqlolmayman ishonchni.

Don't want to see ads? Subscribe now

API Calls