Playing via Spotify Playing via YouTube
Skip to YouTube video

Loading player…

Scrobble from Spotify?

Connect your Spotify account to your Last.fm account and scrobble everything you listen to, from any Spotify app on any device or platform.

Connect to Spotify

Dismiss

A new version of Last.fm is available, to keep everything running smoothly, please reload the site.

Lyrics

To'ylar muborak, baxtli bo'lgin albat
Sevgan yoringga munosib bo'l faqat
Menga esa sabr-u toqat tila
Axir, mening yuragim qonga to'la

Achiq hayot, dil esa benajot
Bevafolarning dastidan voy-dod
Ketar bo'ldim, man uchar bo'ldim
Osmonlarga man ketar bo'ldim

Lyrics continue below...

Don't want to see ads? Subscribe now

Bir qaraganda armonsizdaymiz
Ammo yurak dodiga biz chidaymiz
Yarangizni yangilash yo'q niyat
Buning barchasi oddiy haqiqat

Kimdnidir yonida yor-dilbandi bor
Ammo ular zarra mablag'ga zor
Kimnidir davlati, qudrati zo'r
Unga topilmas bir merosxo'r

Achchiq hayot, dil benajot
Achchiq, ayanchli hayot, inson umidi barbod
Achchiq hayot, dil benajot
Achchiq, ayanchli hayot, yashash qonuni shudir nahot?
Shudir nahot?

Mana bir misol: baxtim topdi zavol
Sevib so'ng kuyib bo'ldimku behol
Muhabbatning qudratin anglamasdan
Boylikka uchding-ketding o'ylamasdan

O'zganing davlati senga changal
Nahotki insondan oltin afzal?
Odamlar borin pulga qaratgan
Pul insonni emas, inson pulni yaratgan, o'v!

Achchiq hayot, dil benajot
Achchiq, ayanchli hayot, inson umidi barbod
Achchiq hayot, dil benajot
Achchiq, ayanchli hayot, yashash qonuni shudir nahot?
Shudir nahot?

Nolimayman, nolish gunoh erur
Avvalo zamin uzra man borimga shukur
Balki bu sinov, unda yo'q ayov
Inson umidi yonadi go'yoki olov

Halol nima, harom nima ajratolmasdan
Yolg'ondan uyalmasdan, insofin ayamasdan
Dunyoda odam yashar bir-biridan talashar
Gunohim nima deb yana uyalmasdan so'rashar!

Achchiq hayot, dil benajot
Achchiq, ayanchli hayot, inson umidi barbod
Achchiq hayot, dil benajot
Achchiq, ayanchli hayot, yashash qonuni shudir nahot?

Armon-armon ketidan esa darmon
Kelavermas sira-a, nega unaqa?
Oradan bir necha oy, vaqt o'tarda ketar
Bag'rimni yaralab telefon jiringlar...

"Asalim, sog'indim, ko'rishaylik" deyabsan
Axmoq, qaysi dard bilan bezovtalanasan?
Endi seni ering bor, san bo'lajak ona
Hech bo'lmasa vujudingdagi bolangni o'yla!

Achiq-achchiq, achchiq-ayanchli hayot...
Shudir nahot?
Achiq-achchiq, achchiq-dardli hayot-a...

Don't want to see ads? Subscribe now

Features

API Calls