Playing via Spotify Playing via YouTube
Skip to YouTube video

Loading player…

Scrobble from Spotify?

Connect your Spotify account to your Last.fm account and scrobble everything you listen to, from any Spotify app on any device or platform.

Connect to Spotify

Dismiss

A new version of Last.fm is available, to keep everything running smoothly, please reload the site.

Laylo - Lyrics

Qashqadaryodan Surxondaryoga
Kelin bo'lib ketar bo'lding, Laylo
Parvo ham qilmay menday gadoga
Kimni baxtli etar bo'lding, Laylo?

Qashqadaryodan Surxondaryoga
Kelin bo'lib ketar bo'lding, Laylo
Parvo ham qilmay menday gadoga
Kimni baxtli etar bo'lding, Laylo?

To'lin oyday to'ldingmi
Oydek kelin bo'ldingmi?
Besh-to'rt so'mga sotilib
Boyga kelin bo'ldingmi, Laylo?

Jigit bo'lmay o'layin
To'ydan qoldim uyalib
Endi o'ltiribmanda
Majnuntolga suyanib, Laylo!

Qashqadaryodan Surxondaryoga
Kelin bo'lib ketar bo'lding, Laylo
Parvo ham qilmay menday gadoga
Kimni baxtli etar bo'lding, Laylo?

To'ying kuni, to'y kuni
To'yxonadan qaytdim men
Mayxonadan qaytgincha
Shu termani aytdim men, Laylo!

Eh odamlar, odamlar
Sizga qo'shiq kuyladim
Baxshilar termasidan
Oz-oz qo'shib kuyladim, Laylo

Qashqadaryodan Surxondaryoga
Kelin bo'lib ketar bo'lding, Laylo
Parvo ham qilmay menday gadoga
Kimni baxtli etar bo'lding, Laylo?

Endi o'yga tolaman
Men omadsiz bolaman
Do'mbiramni quchoqlab
Endi qayga boraman, Laylo?

Soy bo'yida o'ltirib
Endi kuyib kuylayman
Sevgingga ham o't tushsin
Endi qaytib suymayman, Laylo!

Qashqadaryodan Surxondaryoga
Kelin bo'lib ketar bo'lding, Laylo
Parvo ham qilmay menday gadoga
Kimni baxtli etar bo'lding, Laylo?

E, Qashqadaryodan Surxondaryoga
Kelin bo'lib ketar bo'lding, Laylo
Parvo ham qilmay menday bechoraga
Kimni baxtli etar bo'lding, Laylo?

Don't want to see ads? Subscribe now

API Calls